Hududlarda boʻlib oʻtayotgan sessiyalar Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilib, mahalliy hokimiyatni, barcha davlat idoralarini halqimiz oldida hisobdorligini, masʼuliyatni oshirish, joriy yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlili va kelgusi yil ustuvor yoʻnalish va vazifalarni belgilab olinayotgani bilan ahamiyatlidir. 
Tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijasiga koʻra, Margʻilon shahri 2019-yil statistik koʻrsatkichlar boʻyicha “yashil” hudud deb topildi.
Qayd etilganidek, joriy yil yanvar-sentyabr holatiga 13 ta korxona tomonidan 4 million 900 ming AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi. Bugungi kunga qadar shahar boʻyicha 10,7 million AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi.

Pandemiya sharoitida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini uzluksiz ishlashini taʼminlash, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan korxonalar, tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini toʻliq tiklash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan, pandemiya oqibatida vaqtincha iqtisodiy faolligi pasaygan 485 ta korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha individual yondashilib, ulardagi mavjud muammolar bartaraf etildi.
Taxlillar shuni koʻrsatdiki, 2020-yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 885 milliard soʻmni tashkil qildi.
Aholi daromadlarini oshirish, extiyojmand qatlamni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy nafaqalar uchun 13,9 milliard soʻm mablagʻ toʻlab berildi.

Ishlash maqsadida chet davlatlarga ketgan fuqarolarning 1 ming 159 nafari ishga joylashtirildi. Aholi orasida mehnat shartnomasi, doimiy ish haqiga ega boʻlmagan, biroq turli mavsumiy mehnat ishlari bilan band boʻlgan daromad topadiganlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Ammo shu kunga qadar ularning faoliyati hech qayerda qayd etilmas, bu esa pensiya yoshiga yetganda mehnat staji yoʻqligi muammosini keltirib chiqaradi. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 8-iyunda qabul qilingan qaror 67 ta yoʻnalishda faoliyat yuritib kelayotgan bu kabi fuqarolarni norasmiy faoliyatlarini legallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Pandemiya sharoitida, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash, ularga manzilli yordamni tashkil etish orqali davlatning ijtimoiy himoya borasidagi siyosatini manzilliligini taʼminlashda maqsadida tashkil etilgan “Temir daftar”va “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati qoʻl keldi.

“Temir daftar”ga kiritilgan 6 ming 126 ta oilalarga hozirgi kunga qadar umumiy qiymati 9,5 milliard soʻmdan ortiqroq boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, naqd pul va boshqa koʻrinishdagi ijtimoiy yordamlar koʻrsatildi.
Bugungi kungacha, “Temir daftar”dagi 4 ming 276 nafar ishga muhtoj fuqaroning 4 ming 168 nafarini turli yoʻnalishlarda bandligi taʼminlandi. Jumladan, tadbirkorlik yoʻnalishida 156 nafar fuqaroga 1,4 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratib berildi, 84 nafar fuqaroga subsidiya asosida isiqxonalar qurib berildi.
Ayni paytda shahrda jami 7181 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Tijorat banklari tomonidan joriy yil 1-dekabr holatiga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan biznesni rivojlantirishga, aholi xarid qobiliyatini oshirishga 5 ming 795 ta holatda jami 297 milliard soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratib berildi.

Inqirozga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan Farmon va qarorlar bilan shahardagi 1076 ta tadbirkorlik subyektlarga 7 milliard soʻm soliq imtiyozlari berildi. Yanvar-noyabr oylarida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 1 ming 122 taloyihaga 27,7 milliard soʻm, hunarmandchilik sohasidagi 217 ta loyihaga 6,8 milliard soʻm ajratildi.
Margʻilonda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Shaharda 1000 nafarga yaqin hunarmandlar uyushmaga aʼzo boʻlgan holda oʻz faoliyatlarini olib borishadi.
Yangi tashkil etilgan “Xunarmandlar markazi”da milliy matolar va ipak gilamlar ishlab chiqarish yoʻalishida 600 nafarga yaqin ishsiz ayollar bandligi taʼminlandi. Bu yerda 600 nafar usta faoliyat boshlab, 200 dan ortiq turdagi atlas va adras toʻqish, gilamchilik, maishiy xizmat, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Ular tomonidan 2 mingga yaqin xotin-qiz, yoshlar ishga jalb etildi.
Gilam sexida 250 dan ziyod ayol va qizlar mehnat qilmoqda. Mutasaddilarning qayd etishicha, eng tez bitadigan mahsulot ikki oyda tayyor boʻladi. Lekin 2-3 yilgacha ham bitta buyurtmani bitirish mumkin. Bunda albatta bandlik ham taʼminlanadi.

Xorij mamlakatlarida qoʻl mehnatida tayyorlangan mahsulot juda qadrlanadi va qimmat naxlarda baholanadi. Hunarmandlar markazida ham mahsulotlarning sifati yuqori. Asl ipakka tabiiy boʻyoqlardan gul chizib mato toʻqiladi. Shu bois bu mahsulotlarga xaridor tayyor. Gilamlar asosan Turkiyaga, atlas, adras matolar AQSH, Italiya, Fransiya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston kabi mamlakatlarga eksport qilinadi. Shuningdek, bugungi kunda shaharda umumiy maydoni 10,5 gektar, shundan ishlab chiqarish maydoni 2,7 gektar boʻlgan 2 ta “Nadirmat” va “Naruz” kichik sanoat zonalari tashkil etilgan. 
Ushbu kichik sanoat zonalarda umumiy qiymati 56,2 milliard soʻm boʻlgan 41 ta loyihalar joylashtirilgan boʻlib, ushbu loyixalarni amalga oshirilishi natijasida 874 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalar boʻyicha bugungi kunda umumiy qiymati 44,2 milliard soʻmlik 30 ta loyihalar ishga tushirildi va 592 ta ish oʻrni yaratildi. Qolgan 11 ta loyihalarda bugungi kunda qurilish-montaj va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, shaharda markazlashgan issiqlik taʼminoti korxonasi uzoq yillar muqaddam oʻz faoliyatini toʻxtatganligi sababli koʻp qavatli uylarni turli vositalar yordamida tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan isitib kelinar edi. Prezident qaroriga muvofiq, Guliston, Zuxro, Saxovat, Miltiqsoz va Chilonzor mahallalaridagi 131 ta koʻp qavatli uylarni “Fargʻona issiqlik energo markazi” orqali issiqlik bilan taʼminlash yuzasidan jami smeta qiymati 103,5 milliard soʻm boʻlgan loyihasini amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratildi.