Oʻqituvchilar bilan oʻtkazilgan bevosita suhbat natijalariga koʻra, maktab direktori hamda Marhamat tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudirini vazifasidan ozod etish boʻyicha xulosaga kelindi, deya xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.

Shuningdek, bugun Andijon viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan “Hokimlik soati” yigʻilishida viloyat hokimi tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarini lavozimidan ozod qilib, tuman hokimiga “Hayfsan” intizomiy jazosini belgilagan.