Bu esa koʻchat yetkazib berish boʻyicha eksport faoliyatiga sabab boʻldi. Jumladan, Qozogʻiston Respublikasidagi TOO “ASVS OYL” kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
-Ushbu kompaniya bilan kelishuvga asosan 5 yil davomida 2 mln. 430 ming dollarlik tut koʻchatlarini yetkazib beramiz,-deydi xoʻjalik rahbari Abdupatto Musurmonqulov. – Kelgusida bargini eksport qilish borasida ham izlanishlar olib borilmoqda.
Aytish joiz, fermer xoʻjaligida yaratilgan “Marhamat-2017” tut navi nafaqat, Oʻzbekistonda, balki xorijda ham xaridorgir. Boisi, u orqali ipak qurtidan bir yilda 5-martagacha hosil olish mumkin.
Rustam ESHONOV.