Maʼlumot uchun, aholining investitsiya va jamgʻarish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 2-noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻlchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.
Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.
Markaziy bank 25-noyabr uchun oltin quymalar narxini eʼlon qildi:
- 5 grammlik oltin narxi - 3 348 000 soʻm;
- 10 grammlik oltin narxi - 6 453 000 soʻm;
- 20 grammlik oltin narxi - 12 784 000 soʻm;
- 50 grammlik oltin narxi 31 961 000 soʻm.
Oʻlchovli oltin quymalarni sotish narxlari kunlik yangilanadi.
Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.
Maʼlumot uchun: Marja va chegirma miqdorlari oʻlchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada boʻlishi bilan bogʻliq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga toʻlovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.
Qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.
Qadogʻi but holatdagi oltin quymalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.
Oltin quymalarning namunalari, narxlari va sotib olish shoxobchalari kabi maʼlumotlar bilan Markaziy bankning veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 24-noyabr kuni oltin quymalar narxi quyidagicha edi:
- 5 grammlik oltin narxi - 3 425 000 soʻm;
- 10 grammlik oltin narxi - 6 600 000 soʻm;
- 20 grammlik oltin narxi - 13 076 000 soʻm;
- 50 grammlik oltin narxi 32 067 000 soʻm.