Qayd etish joizki, qarz oluvchi tomonidan hech qanday hujjatlarsiz va ogʻzaki kelishuv asosida pul mablagʻlarini boshqa shaxslarning qoʻliga topshirilishi yoki bank kartasiga oʻtkazilishi, yuridik jihatdan, qarz oluvchining bank oldidagi kredit majburiyatlari bajarilganligini anglatmaydi. Aksincha, kredit toʻlovi uchun boshqa shaxslarning qoʻliga topshirilgan yoki bank kartasiga oʻtkazib berilgan ushbu mablagʻlar keyinchalik bankka kirim qilinmasa, bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida turli nizolar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati kredit toʻlovlarini istalgan tijorat bankining kassa boʻlinmasi orqali yoki masofadan turib banklar va boshqa toʻlov tashkilotlarining mobil ilovalaridan foydalangan holda, kredit (qarz) bergan bankning hisobvaragʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishni tavsiya etadi.

Fuqarolar tomonidan mazkur tavsiyalarga amal qilinishi kelgusida kredit toʻlovlarining toʻlanishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.