Sanoat o'sishini 3,5%ga oshirish belgilangan. Bu, avvalo, karantin paytida to'xtab qolgan faoliyatini yo'lga qo'yish, ularni aylanma mablag'lar bilan ta'minlash, foizlarni ko'rib chiqish hisobidan amalga oshiriladi.
YAqin kunlarda Markaziy bank boshqaruvi kengashi bu qarorni qabul qiladi. Prezident Markaziy bank taklifini ma'qullagan. Foizlar birmuncha pasayishini ko'ramiz.
Mana shu omillar sanoatni 3,5% o'stirish imkonini beradi. Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig'ilishi 11 iyunga belgilangan.
Oxirgi marta 14 aprelda asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida belgilangan edi.
Kechagi yig'ilishda foiz stavkalarini inflyatsiyaga qarshi siyosat bilan uyg'unlashgan holda pasaytirish muhimligi ta'kidlangan edi.