баннер
18 Mar 2025
17:35

    Markaziy bank asosiy stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha yigʻilishni keyingi haftaga qoldirdi

    Oʻzbekiston Markaziy banki asosiy stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha 2025-yil 13-martga belgilangan boshqaruv yigʻilishi sanasini koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

    Oʻzbekiston Markaziy banki asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha 13-martga belgilangan boshqaruv yigʻilishini 20-martga qoldirdi.

    Markaziy bank matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, shu yilning fevral oyi yakunlari boʻyicha mamlakatimizning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va savdo hamkorlar iqtisodiyoti boʻyicha maʼlumotlar mart oyining ikkinchi yarmida eʼlon qilinishini hamda ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda ushbu yangilangan koʻrsatkichlar asos boʻlishini inobatga olib, Markaziy bank asosiy stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi joriy yilning 20-martida oʻtkazilishi belgilandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech