Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS-xabarlar yuborilayotgani haqida xabaMazkur SMS-xabarlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida yuborilmoqda.
SMS-xabarlarda keltirilgan bank kartalari raqamlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablaridan kelib chiqib, qisman berkitilgan tarzda aks ettirilgan.
Fuqarolar SMS-xabarlarda qayd etilgan bank kartalari ularning nomiga rasmiylashtirilganligi bilan bog‘liq biror tushunmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilib, holatga aniqlik kiritishlari hamda foydalanmayotgan bank kartalarini yopishlari tavsiya etiladi.
Qayd etish lozimki, an’anaviy usulda bank kartasi ochishdan tashqari fuqarolar nomiga bank kartalari (xususan, virtual bank kartalari) firibgarlar tomonidan bank mobil ilovalaridagi fuqaro shaxsiy kabineti egallanishi oqibatida yoki fuqaroning o‘zi bank mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish orqali rasmiylashtirilishi mumkin.