Markaziy bankning maʼlum qilishicha, fuqarolarning koʻchiligi yolgʻon xabarlarga aldanib, firibgarlarga oʻzining shaxsga doir va bank karta maʼlumotlari hamda bir martalik tasdiqlash kodlarini (OTP) berishi, shuningdek, telefon qurilmasiga zararli ilovalarni oʻrnatishi natijasida bank kartalaridagi pul mablagʻlaridan ayrilib qolish holatlari koʻpaygan.
Shu munosabat bilan yuqorida koʻrsatilgan soxta profillardan xabarlar kelsa, muloqotga kirishmaslik, yuborilgan shubhali havolalarni bosmaslik, zararli (APK) ilovalarni telefonga oʻrnatmaslik hamda ushbu foydalanuvchini “bloklab qoʻyish” tavsiya etiladi.
Shuningdek, Markaziy bank bu kabi xabarlar va akkauntlarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qildi.