Qayd etilishicha, shu kunlarda ayrim fuqarolar tomonidan ularga "Markaziy Bank Uzbekistan" nomli foydalanuvchi tomonidan kartadagi mablag‘lar firibgarlik yo‘li bilan yechilishining oldini olish maqsadida karta tranzaksiyalarini bekor qilish uchun Telegram-botga kirish lozimligi yuzasidan xabar kelganini bildirib, haqiqatdan ham ushbu bot va xabar Markaziy bankka tegishli ekaniga aniqlik kiritishni so‘rab murojaat qilmoqda.
Markaziy bank mazkur xabar va bot O‘zbekiston Markaziy bankiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
“Fuqarolardan ushbu xabarlarga eʼtibor bermaslik va hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi. Faqat rasmiy manbalarga tayanish tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.