Markaziy bank joriy yilda jismoniy shaxslarga qancha kredit berilgani haqida ma'lumot berdi

    Biznes 18 Iyun 2020 1943

    2020-yil 5-oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilgan.


    Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlari
    :

    • Toshkent shahrida 1 683,7 mlrd. so'm (o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1 369,3 mlrd. so'mga ko'p);
    • Samarqand viloyatida 304,5 mlrd. so'm (218,2 mlrd. so'mga ko'p);
    • Surxondaryo viloyatida 196,0 mlrd. so'm (87,1 mlrd. so'mga ko'p);
    • Jizzax viloyatida 148,3 mlrd. so'm (37,3 mlrd. so'mga ko'p);
    • Sirdaryo viloyatida 104,3 mlrd. so'mni (23,8 mlrd. so'mga ko'p) tashkil etib, eng yuqori o'sish ko'rsatkichlari qayd etildi.

    Shuningdek, ipoteka kreditlari tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 57,6 foizni (2,04 trln. so'm), bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 42,4 foizni (1,5 trln. so'm) tashkil qiladi.

    2020 yilning 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. so'm miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratildi.

    Ipoteka kreditlarining:

    • 92,1 mlrd. so'mi (57,7 foizi) 2 xonali kvartira;
    • 67,5 mlrd. so'mi esa (42,3 foizi) 3 va undan ko'p xonali kvartiralarni sotib olish uchun berilgan.

    Ajratilgan mazkur ipoteka kreditlarining eng yuqori hajmi:

    • 24,3 mlrd. so'mi (15,2 foizi) Farg'ona viloyati;
    • 23,0 mlrd. so'mi (14,4 foizi) Navoiy viloyati;
    • 21,6 mlrd. so'mi (13,5 foizi) Toshkent shahri;
    • 21,0 mlrd. so'mi (13,1 foizi) Surxondaryo viloyati hissasiga to'g'ri kelmoqda.