Unga koʻra, bank tizimi kredit qoʻyilmalari hajmi 13,1 trln. soʻmga koʻpayib, 340,26 trln. soʻmni tashkil qilmoqda.
Joriy yil 1-mart holatiga koʻra, bank tizimining umumiy muammoli kreditlari miqdori 381 mlrd. soʻmga pasayib, 16 trln. 831 mlrd. soʻmni tashkil qilmoqda. Davlat ulushi mavjud banklarning kredit portfelidagi muammoli kreditlar miqdori 317 mlrd. soʻmga kamaygan.
Banklar kesimida NPL qisqarishining katta qismi Xalq banki, Asia Alliance Bank, Ipoteka-bank hamda Aloqabank hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Hi-Tech Bank (92,0%), Oʻzagroeksportbank (88,2%), Turkistonbank (68,6%), Ravnaq-bank (22,4%), Madad invest bank (20,8%), Xalq banki (19,0%), Savdogarbank (12,2%) larning kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda.