Markaziy bank obligatsiyalarining muomalaga chiqarilish kalendarini eʼlon qildi

    Moliya 30 Mart 2021 439

    Markaziy bank obligatsiyalarining belgilangan kalendar asosida muomalaga chiqarilish amaliyoti joriy qilindi. Bu, oʻz navbatida, tijorat banklariga likvidlikni oldindan prognoz qilish va boshqarishda qoʻshimcha qulayliklar yaratadi.

    Markaziy bank obligatsiyalari 2021-yilning II choragi davomida muommilaga chiqariladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

    “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank tizimi likvidligini samarali tartibga solish, toʻlovlarning uzluksizligini taʼminlash, shuningdek, pul bozoridagi foiz stavkalarining belgilangan parametrlarda boʻlishiga erishish maqsadida doimiy tarzda pul bozorida likvidlik berish va likvidlikni jalb qilish boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, 2020-yilning yanvar oyidan boshlab bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni qisqa muddatlarga jalb qilish hamda tijorat banklarida garov bazasini shakllantirish maqsadida, Markaziy bank obligatsiyalari muntazam ravishda muomalaga chiqarilmoqda. Hozirgi kunga kelib, Markaziy bank obligatsiyalari pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biriga aylangan”, deyiladi xabarda.

    Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, pul bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalarning shaffofligini taʼminlash maqsadida, Markaziy bank obligatsiyalarining belgilangan kalendar asosida muomalaga chiqarilish amaliyoti joriy qilindi. Bu, oʻz navbatida, tijorat banklariga likvidlikni oldindan prognoz qilish va boshqarishda qoʻshimcha qulayliklar yaratadi.

    Markaziy bank obligatsiyalari 2021-yilning II choragi davomida quyida keltirilgan jadval asosida muomalaga chiqariladi.

    Jadval: