Markaziy bank OSONga jarima sanksiyasini qoʻlladi

    Moliya 1 Sentabr 2023 1752

    Bu haqda Regulyator matbuot xizmatining xabar berdi.

    Markaziy bank “BRIO GROUP” MCHJ (OSON) toʻlov tashkilotiga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan jarima sanksiyasini qoʻlladi.

    Taʼkidlanishicha, tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining talablarini buzgan.

    Shu bilan birga, boshqa toʻlov tashkilotlari va ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar, shu kabi qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, Markaziy bank tomonidan ularga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.