Markaziy bank qoshida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi

    Raqamlashtirish 11 Yanvar 2021 2230

    Bu haqda AOKAdagi brifingda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Bekzod Hamroyev maʼlum qildi:

    «2020-yilda 127 trln soʻm kredit ajratilgan. Joriy yilda bank kreditlari sifatini oshirish vazifasi belgilandi.

    Iqtisodiyotda bizda dollarlashuv darajasi yuqori, qariyb 50% atrofida. 2021-yilda kreditlar boʻyicha dollarlashuv 45% ga tushirish vazifasi qoʻyildi.

    2021-yilda valyuta bozorida yangicha onlayn platforma joriy qilish, tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun banklarda valyuta oldi-sotdisini osonlashtirish rejalashtirilmoqda.

    Markaziy bank qoshida moliya sohasidagi Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi».