Bu haqda Markaziy bankning axborot xizmati maʼlum qildi. Xabarga koʻra:
- Nodirbek Muhammadiyevich Achilov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.
N. Achilov bunga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.
- Sanjar Salaydinovich Nosirov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bungacha S. Nosirov Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
- Nusratulla Nigmatullayevich Fazilov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
N.Fazilov ilgari Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.








