Bu haqda Markaziy bankning axborot xizmati maʼlum qildi. Xabarga koʻra:

  • Nodirbek Muhammadiyevich Achilov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

N. Achilov bunga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.

  • Sanjar Salaydinovich Nosirov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bungacha S. Nosirov Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

  • Nusratulla Nigmatullayevich Fazilov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

N.Fazilov ilgari Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.