Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qildi.
Tanlovda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi INXA universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroiqtisodiyot, statistika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriaturaning kunduzgi boʻlimining 4 kursida hamda magistraturada taʼlim olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Asosiy mezonlari:
• oʻquv jarayonida yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;
• (IELTS - 6.5) sertifikatiga ega boʻlganlar ingliz tili testidan ozod etiladi;
Barcha hujjatlar talaba tahsil olayotgan universitet yoki institutning rektoratiga 2022-yil 9-sentyabrgacha topshiriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati – 2022-yil 6-9-sentabr, koʻrib chiqish va tanlov – 12-sentabr - 20-sentabr.
2022/2023 oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 3-oktabrdan boshlab tayinlanadi.