O'zbekiston Respublikasining “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi Qonuni 25-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarorlariga asosan:👇
“OZINTERPAY” mas'uliyati cheklangan jamiyati;
“Interpay Sys” mas'uliyati cheklangan jamiyati;
“WOOPPAY UZ” mas'uliyati cheklangan jamiyati;
“VENKON GROUP” mas'uliyati cheklangan jamiyati
to'lov tashkilotlarining ustav kapitali qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilmaganligi munosabati bilan to'lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olinganligi hamda to'lov tashkilotlari reestridan chiqarilganligi ma'lum qilinadi.









