Markaziy bank va Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali oʻrtasida memorandum imzolandi

    Markaziy bank rahbariyati va М.В. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining (MGU) Toshkentdagi filiali vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

    Muloqot davomida tomonlar istiqboldagi hamkorlik yoʻnalishlari hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasida fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida anglashuv memorandumi imzolandi.

    Memorandumning asosiy yoʻnalishlari sifatida IT sohasida oʻzaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish, Markaziy bank tomonidan institut talabalari uchun seminar, konferensiya va mahorat darslari tashkil etish hamda biznes jarayonlarni optimallashtirish boʻyicha dasturiy va boshqa innovatsion yechimlarni ishlab chiqishda amaliy koʻnikmalarni mustahkamlashga qaratilgan laboratoriya tashkil etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.