Murojaat yuborish tartibi:

Pedagog.uzedu.uz platformasi orqali profilingizga kiring;

“Murojaatlarim” bo‘limini oching;

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri” murojaat turini tanlang;

Kerakli shakllarni to‘ldiring;

Imtiyoz tanlash qismidan “Imtiyozli bakalavr diplomi” bandini belgilang;

Murojaatni yuboring.

Murojaatni quyidagi usullarda yuborish mumkin:

Pedagog.uzedu.uz rasmiy platformasi orqali;

Davlat xizmatlari markazlari orqali;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

Magistratura bitiruvchilari uchun ham imtiyoz ko‘zda tutilmoqda.

2026-yildan boshlab magistraturani tamomlab, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (90–100 ball) natija ko‘rsatgan hamda birinchi bor ta’lim tashkilotiga ishga kirayotgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchi berish imtiyozini joriy etish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.