Oʻz navbatida, Markaziy bank vakillari tomonidan xorijiy hamkasblarga respublikadagi omonatlarning himoyalanishini taʼminlash tizimi, xususan, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi, banklarning fond oldidagi majburiyatlari va fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash tartibi haqida maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, delegatsiya vakillariga yangi tahrirdagi “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining asosiy jihatlari yoritib berildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.