баннер
18 Mar 2025
17:22

    Markaziy bankning rasmiy veb-saytida “Inflyatsiya kalkulyatori“ ishga tushirildi

    Mazkur kalkulyator yordamida maʼlum ixtiyoriy vaqt oraligʻida inflyatsiyaning pul qiymatiga (sotib olish qobiliyatiga) taʼsirini baholash mumkin.

    Qayd etilishicha, foydalanuvchi kerakli davr va pul miqdorini tanlab kalkulyator yordamida Statistika agentligi tomonidan hisoblangan isteʼmol narxlari indeksining oylik maʼlumotlari asosida pul miqdorining belgilab olingan davr uchun yakuniy narxini aniqlashi mumkin boʻladi.

    Shuningdek, kalkulyator ushbu davr uchun oʻrtacha yillik va oʻrtacha oylik inflyatsiyani hisoblaydi.

    “Inflyatsiya kalkulyatori“ veb-saytning bosh sahifasi hamda “Pul-kredit siyosati“ boʻlimida joylashgan.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech