Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi doirasida tashkil etilgan tadbirda transport logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Tojikiston Respublikasi transport vaziri Azim Ibrohim raisligida oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Maxkamov, Qozogʻiston Respublikasi transport vaziri Marat Karabayev, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va kommunikatsiyalar agentligi direktori Mammetxon Chakiyev ishtirok etdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.