Birlashgan Millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) loyihasi kavsh qaytaruvchi jonivorlarni koʻpaytirish sektorida ekologik zararsiz usullarni joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqqan olimlar bilan yaqin hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan edi.

Loyihaning rasmiy nomi — “Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida kavsh qaytaruvchi jonivorlarni koʻpaytirish ishida past uglerodli va iqlimga mos rivojlanish yoʻllarini aniqlash”.

“Tadqiqot loyihaning muhim elementi edi; biz universitet bilan hamkorlikda joylarda (qishloq xoʻjaligini boshqarishning) usul va amaliyotini batafsil oʻrgandik, shuningdek onlayn shaklda va har bir mamlakatda uch marta shaxsiy uchrashuv orqali hamkorlar bilan maslahatlashdik”, — dedi FAOning barqaror chorvachilik boʻyicha mutaxassisi Yuriy Nesterov.

Bishkekdagi tadqiqot nihoyasiga yetgach, yakunlovchi konferensiya oʻtkazildi. Unda tavsiyalar aks etgan maʼruzalar taqdim etildi. Ushbu tavsiyalar chorvachilik ishlab chiqarishning barcha boʻgʻinlarida biofizik jarayonlar va har xil faoliyat turlarini modellashtirishga qaratilgan edi, deb xabar beradi “Novotsti OON”.