Maqolada Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-20-sentyabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etgani haqidagi maʼlumotlar mushtariylar eʼtiboriga taqdim qilingan.

Muallif yozganidek, mamlakatimiz rahbari Bosh Assambleyasi yalpi majlisining umumiy muhokamasidagi maʼruzasida mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha oʻz tashabbuslarini bildirdi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh Assambleyaning joriy sessiyasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan nutqida Yangi Oʻzbekistonni huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat sifatida qurish siyosatini davom ettirish niyatini bildirdi, — deyiladi maqoladi. — Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti mamlakat global tahdidlarga qaramasdan, barqaror oʻsish surʼatlarini namoyon etayotganini taʼkidladi. Soʻnggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim martadan ortiq koʻpaygani, Bosh maqsad – 2030-yilga qadar bu koʻrsatkichni yana 2 barobarga oshirish ekanligi maʼlum qilindi”.

Nashrlarda qayd etilishicha, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning hozirgi 2200 dollardan 4000 dollargacha koʻtarilishi bilan oʻrtadan yuqori daromadga ega davlatlar qatoriga kirishga qaratilgan. Strategiyada JSTga kirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va boshqa ustuvor maqsadlar ham belgilab berilgan.

Muallif, shuningdek, Oʻzbekiston rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan “Ish oʻrinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” borasidagi tashabbusni qoʻllab-quvvatlashini bildirganini urgʻulagan. “Mazkur tashabbus doirasida tajriba almashish uchun 2024-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida «Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yoʻl” butunjahon konferensiyasini yurtimizda oʻtkazishni taklif etaman», – deya Oʻzbekiston yetakchi soʻlaridan iqtibos keltirilgan materiallarda.

Shveysariya ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan materiallarda Markaziy Osiyo – Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Oʻzaro kelishilgan siyosatning amalga oshirilishi tufayli mintaqa davlatlari ham xorijiy investorlar, ham sayyohlar uchun ham, transport yoʻlaklarining ishonchliligi nuqtayi nazaridan ham jozibador boʻlib bormoqda, bu zamonaviy transport va logistika beqarorlik sharoitida juda muhim.

“Bunga Oʻzbekiston Prezidentining sessiyada «Mintaqamiz iqtisodiy rivojlanish markaziga, Sharq va Gʻarbni, Shimol va Janubni bogʻlaydigan transport-kommunikatsiya koʻprigiga aylanib, unga qiziqish tobora ortib bormoqda, deb taʼkidlashiga asos boʻldi. Unga qiziqish esa ortib bormoqda”, - deb yozgan Marit Fos.