Tadbirda Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Nuran Niyazaliyev ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar Afgʻonistondagi bugungi vaziyatni muhokama qildilar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Yigʻilish yakunida Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha qoʻshma bayonot qabul qilindi.