Tadbir davomida, ishtirokchilar Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari, Markaziy Osiyo mintaqaviy sheriklikning ijobiy tendensiyalari toʻgʻrisida fikr almashdilar.

Rossiya ekspertiga Institutning maqsadlari va vazifalari, shuningdek, joriy yil iyulda Toshkentda oʻtkazilishi kutilayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro anjumani toʻgʻrisida maʼlum qilindi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nasirov kirish nutqida, Oʻzbekiston Rossiyani ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikning barcha sohalarida ishonchli sherigi sifatida tan olishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning saʼy-harakatlari orqali, ikki mamlakat oʻrtasida strategik sheriklik va ittifoqning yangi pogʻonaga koʻtarilgani hamda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohalardagi oʻzaro aloqalarning oʻsish surʼati taʼminlandi. Shu bilan birga, sarmoyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Rossiyadan jalb etilgan investitsiyalar hajmi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etadi.

2021-yil boshidan Oʻzbekistonda Rossiya tomoni ishtirokida 2093 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Mintaqalararo va gumanitar almashinuvlar izchil kengaymoqda.

T.Bordachyov Oʻzbekiston Rossiyaning doimiy va ishonchli hamkori ekanini qayd etdi. Oʻzbekiston Prezidenti rahnamoligida Markaziy Osiyoda barqaror va ustuvor rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan mamlakatning muvafaqqiyatli mintaqaviy siyosati alohida taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi mintaqalararo oʻzaro aloqalarni rivojlantirish tashabbusiga ijobiy baho berildi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy holatlar yuzasidan fikr almashish maqsadida, muntazam muloqotni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

2004-yilda “Valday” xalqaro munozara klubi tashkil etildi. Klub nomi Valday koʻli yaqinidagi Velekom Novgorodda oʻtkazilgan birinchi anjuman joyi bilan bogʻliqdir.

Ushbu klubning intellektual salohiyati Rossiya va xorij mamlakatlarida yuqori baholanadi. Klub faoliyati davrida, dunyoning 71 mamlakatidan mingdan ortiq xalqaro ilmiy hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.