Uning fikricha, migrantlar oqimining kuchayishi Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.
“Rossiyaga yaxshi nazorat ostida bo'lmagan muhojirlar oqimi tobora ortib bormoqda. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning birinchi olti oyida xorijliklarga 114 mingga yaqin mehnat ruxsatnomasi berilgan, bu 2024-yilning birinchi yarmiga nisbatan bir yarim barobar ko'pdir. Umuman olganda, faqat rasmiy hisob-kitoblarga ko'ra, Rossiyada ularning soni 6,5 milliondan ortiq, ularning yarmidan qamroq qismi ishlaydi. Qolganlari esa hech ish qilmaydigan, lekin ijtimoiy infratuzilmamizdan, jumladan, shifoxona va maktablarimizdan foydalanadigan oila a'zolaridir”, deydi Mironov.
Deputatning fikricha, bu holat Rossiya milliy xavfsizligi va fuqarolari farovonligiga bevosita tahdid soladi.
“Adolatli Rossiya” allaqachon Davlat Dumasiga mamlakatda migratsiya tartibini tiklashga yordam beradigan bir qator qonun loyihalarini kiritgan. Ammo bu qarorlar hali qabul qilinmagan bo'lsa-da, men Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga 2030-yilgacha fuqarolik va yashash ruxsatnomalarini berishga moratoriy qo'yishga chaqiraman. Faqat shu yo'l bilan vaziyatni barqarorlashtirish va xorij fuqarolarining mamlakatga ommaviy kelishi bilan bog'liq bugungi kunda yuzaga kelayotgan barcha muammolarni hal qilish mumkin”, dedi Mironov.
Deputat 2022-yil aprel oyida Tojikiston fuqarolari uchun xuddi shunday moratoriy joriy etish tashabbusini ilgari surdi – keyin u hukumat ham, Duma ham buni qo'llab-quvvatlamaganini tan oldi. 2024-yilda Mironov yana Markaziy Osiyo aholisiga Rossiya fuqaroligini berishni 2026-yilgacha to'xtatib turishni taklif qildi, biroq bu tashabbus ham qo'llab-quvvatlanmadi.
Avvalroq Mironov mehnat muhojirlariga oilasini Rossiyaga olib kelishni taqiqlashni taklif qilgan edi, deb xabar berdi gazeta.ru.