Qozog‘istonning «Xabar-24» telekanalida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida sayyohlik yo‘lagi ochilishi haqida «Turk dunyosi sayyohlar uchun qulayroq bo‘ladi» nomli ko‘rsatuv namoyish etildi. Qirg‘izistondan boshlanib Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni qamrab oluvchi hamda Turkiyada tugaydigan maxsus sayyohlik koridori ishlab chiqildi.

Sayohatchilar uchun bonus sifatida bu yo‘nalishda vizasiz tartib yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu marshrut loyihasi xozirda muvofiqlashtirilyapti va bir necha yildan so‘ng ishga tushiriladi.Sayyohlar ushbu marshrutga kiritilgan eng mashhur diqqatga sazovor joylari bilan tanishishlari mumkin. Masalan, Registon O‘zbekistonning o‘ziga xos belgisi va sayyohlar uchun asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Samarqandning qadimiy maydoni turkiy tarixga oid boshqa ob’ektlar singari sayyohlik yo‘lagi hisoblanadi. O‘tgan bahorda Qozog‘iston janubidagi Turkiston shahri turkiy dunyoning ma’naviy poytaxti sifatida e’tirof etildi. Qadimiy shaharda ziyorat qilishga arziydigan 50 dan ortiq muqaddas joylar mavjud bo‘lib – XII asrning buyuk turkiy so‘fiy shoiri va mutafakkiri Ahmad Yassaviy maqbarasi shular jumlasidandir.Eslatib щtamiz, 2 700 yillik tarixga ega shahar – Xiva 2020-yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilingan edi.Turistik yo‘lak Buyuk ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab joylashgan ob'ektlar bilan bog‘lanadi. Yo‘nalish Qirg‘izistondan boshlanib, so‘ngra Qozog‘iston orqali Turkistonga yetib boradi, u yerdan Samarqand va Buxoro orqali Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiyaga boradi. Yo‘lakning yaratilishi chegaralarni kesib o‘tishni osonlashtiradi, chunki bu yerda sayyohlar uchun vizasiz tartib joriy etiladi.«O‘zbekiston turkiy davlatlarning diqqatga sazovor joylari jamlanadigan loyihani amalga oshirishni taklif etgan. Mamlakatlarimiz bu borada katta imkoniyatlarga ega. Bu yerda islom dini tarqalgan. Bu turizmning yangi turi bo‘ladi», — deydi Turkiy davlatlar tashkiloti matbuot kotibi o‘rinbosari Mirzohid Azimov. Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo davlatlarning tegishli idoralari turistik yo‘lak loyihasi ustida ish olib boradi.Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yig‘ilish 2021-yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan, keyingi yig‘ilish esa 2022-yilda Bokuda bo‘lib o‘tadi.