Uch kun davom etgan muloqotda mahalliy hamda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Amerika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 200 ga yaqin siyosiy-iqtisodiy va biznes doiralar vakillari, moliya institutlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar aʼzolari, shuningdek, dunyoning turli tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining nufuzli ekspertlarini ishtirok etdi.

Birinchi yigʻilish davomida Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, xavfsizlik, barqarorlik va izchil rivojlanishni taʼminlash boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xususiy sektor va moliyaviy tuzilmalarning rolini kengaytirish masalalari yuzasidan muhokamalar oʻtkazilib, fikrlar almashildi.