Bu Shimoliy Afrika va O'rtayer dengizi janubidagi eng qadimiy odam izlaridir.
Qidiruvga Fransiyaning Janubiy Bretani universiteti olimi Munsef Sedrati boshchilik qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Larashdagi qoyali plyajda taxminan 100 ming yil avval o'rnashgan Homo sapiens (aql-idrokli odamlar) turiga tegishli 85 ta oyoq izlari topilgan. Olimlarning fikriga ko'ra, mazkur izlar besh nafar Homo sapiens odamlariga (bolalar, o'smirlar va kattalar) tegishli.
Izlar asosan okean tomonda topilgan va tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu izlar qadimgi odamlar suv osti boyliklarini qidirganda qolgan, deb xabar beradi tass.ru.
Sedratining ta'kidlashicha, Larash dunyodagi eng katta va odam izlari eng yaxshi saqlangan kech pleystotsen (miloddan avvalgi 126 000 – 11 700-yillar) davriga oid manzilgohlardan biridir.