Marokashdagi kuchli zilzila: omon qolganlarni qidirish ishlari davom ettirilmoqda

    Marokashdagi dahshatli zilzila qurbonlari soni 2122 nafarga yetdi. Deyarli 2,5 ming kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

    Tabiiy ofatdan uch kun o'tgan bo'lsa ham, uylari zarar ko'rmagan odamlar ko'chada uxlashda davom etmoqda. Ular zilziladan qo'rqishmoqda. Mamlakat bo'ylab keng ko'lamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Vayronalar ostida hali ham tirik qolganlar bo'lishi mumkin. Marokash qiroli vayron bo'lgan uylarni tiklash va uysiz qolgan har bir kishiga yordam ko'rsatish dasturini amalga oshiradigan idoralararo qo'mita tuzishni buyurdi.

    O'tgan juma kuni Marrakeshdan 80 kilometr uzoqlikda 6,9 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Zilzila o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. 20 daqiqadan so'ng yana to'rtta silkinish qayd etildi, deb xabar beradi mir24.tv.