Zilzila Marrakesh yaqinidagi Talat-Nyakub qishlog'ida sodir bo'lgan. Bola seysmik hodisadan 48 soat o'tib topilgan.
Uyning vayronalari ostida qolib ketgan 11 yoshli qiz qutqarib olindi. Shifokorlar unga bilak sinishi tashxisini qo'yishdi. Bolaga zudlik bilan dala gospitalida tibbiy yordam ko'rsatildi.
Fransiyaning BFM telekanali xabariga ko'ra, qizning onasi uyning qulab tushishi oqibatida halok bo'lgan.
Uning opalaridan biri og'ir jarohatlangan, amakisi ham jabrlangan, deb xabar beradi mir24.tv.









