NASA mutaxassislari Marsni zabt etganlardan biri boʻlgan Ingenuity bilan bogʻliq xushxabarni xabar qilishdi. Kichkina dron Qizil sayyorada 49-parvozini amalga oshirdi.
Yangi parvoz 2-aprel kuni amalga oshirildi. U ikkita rekord bilan esda qoldi. Birinchisi, balandlik bilan bogʻliq: Ingenuity 16 metrga koʻtarildi. Ikkinchisi, tezlik bilan: qurilma 23,3 km/soatgacha tezlikka erishdi. Avvalgi rekord mos ravishda 14 m va 21,6 km/soat edi.
Ingenuity – NASAning uchuvchisiz robot vertolyoti. Uning ilk parvozi 2021-yil 19-aprelda amalga oshirilgan.
Dastlab vertolyotga atigi beshta namoyish parvozi topshirilgan edi, ammo bu kichik yordamchi shu qadar yaxshi ishladiki, uning vazifasi kengaytirildi. Endi u Perseverance marsoxodining kuzatuvchisi boʻlib ishlayapti va deyarli har oy bir necha marta uchirilmoqda, deyiladi mail.ru saytida.