“Mars vertolyoti geologik nuqtayi nazardan muhim boʻlgan Janubiy Seyta hududiga uchib bordi. U Perseverance marsoxodi uchun kerakli joyni koʻrib chiqish uchun 32.8 fut (10 metr) balandlikka koʻtarilib, 450 metr masofani 169 sonida uchib oʻtdi”, deyiladi xabarda.

Vertolyot oʻnlab rangli tasvirlarni suratga olib, ularni yerga uzatish uchun marsoxodga yubordi.

Umumiy olganda vertolyot 2,67 kilometr masofani uchib oʻtib, buning uchun 22 daqiqa vaqt sarfladi. Eng davomiysi toʻqqizinchi parvoz boʻlib, 625 metr masofa uchib oʻtilgan.