Tadqiqotchilar sun'iy yo'ldosh tasvirlari va georadar yordamida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish natijasida shunday xulosaga kelishdi. Ular butunlay muzlagan vulqon lava oqimlaridan iborat bo'lib, maydoni Yevropa hududiga teng. Mazkur hududda vulqon faolligi taxminan bir million yil oldin sodir bo'lganligi taxmin qilinmoqda.
Amerikalik olimlarning kashfiyoti Marsning ichki tektonik faolligi bir necha milliard yil avval to'xtab qolgani, shundan so'ng Qizil sayyorada faqat alohida vulqonlar otilishi haqidagi farazni inkor etdi, deb xabar beradi mir24.tv.