Uning surati 2021-yil 13-iyun kuni Asidalia tekisligida Mars orbitasida aylanib yuruvchi Race Gas Orbiter apparati tomonidan olingan. Yuqoridan qaraganda, qizil sayyora yuzasida halqa naqshlari va yoriqlari boʻlgan ulkan toʻnka bordek tuyuladi.

Race Gas Orbiter qurilmasi “Roskosmos” va Yevropa kosmik agentligining qoʻshma loyihasi “EkzoMars” dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Apparat Marsning siyrak atmosferasi haqida maʼlumot toʻplaydi. Bundan tashqari, u rangli va stereoskopik kamera bilan yuzalarni suratga olish imkoniyatiga ega.

Tasvirdagi narsa aslida oʻra ekanligi taxmin qilinmoqda. Olimlarning taʼkidlashicha, oʻra halqalari daraxt halqalaridan farqli oʻlaroq, uning yoshi haqida hech narsa aytolmaydi, lekin tarkibi va sayyora tarixi davomida oʻtmishda yuz bergan voqealar sirlarini ochib bera oladi.

Mutaxassislarning fikricha, yoriqlar va halqalarning paydo boʻlishi Mars muhitidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Fasllarning va haroratning oʻzgarishi materialning isishi va sovishini keltirib chiqargan, bu esa uning kengayishi va qisqarishiga olib kelgan. Oʻra muz konlariga boy ekanligi taxmin qilinadi. Ammo hozirgi vaqtda qizil sayyoraning oʻzgargan egilish yoki aylanish oʻqi tufayli bunday past kengliklarda muz hosil boʻlishi hozircha mumkin emas.