Marsda qancha axlat yigʻilib qolgan?

    Insoniyat Qizil sayyorada hech qachon bo'lmagan bo‘lsada, lekin ular allaqachon u yerda axlat tashlashga muvaffaq bo'lgan.

    Olimlarning fikriga ko‘ra, hozir u erda 7,119 tonna chiqindilar to‘plangan.

    Marsga qo‘nib yaroqsiz xolga kelgan kosmik kemalar va ularning qoldiqlari bilan sayyora axlatga to‘lib bormoqda.

    Misol uchun, 1971 yil may oyida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Sovet avtomatik sayyoralararo Mars-2 stansiyasi hamon Qizil sayyorada joylashgan va u yaroqsiz holatda. Shuningdek, u yerda 2003 yilda muvaffaqiyatli qo‘ngan, ammo aloqaga chiqmagan Britaniyaning Beagle 2 kosmik kemasi dafn etilgan. Afsuski, missiyasi joriy yilning 18 yanvarida yakunlangan NASA Ingenuity vertolyoti ham asosiy rotor qismi ishdan chiqqanligi sababli axlatga aylangan.

    Mutaxassislarning fikricha, kashfiyotlar va missiyalarning samoviy jismlarning tabiiy muhitiga taʼsiri o‘rtasida muvozanatni saqlash kerak. Keyingi amalga oshiriladigan missiyalar chiqindilarni yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladi.