NASA Marsdagi vertolyoti sayohatini yakunladi

    NASAning Ingenuity vertolyoti endi Marsdagi Jezero kraterining changli landshaftlari ustida parvoz qilmaydi. Uning tarixiy sayohati nihoyasiga yetdi.

    Ingenuity Marsda 1000 kunga yaqin vaqt o‘tkazdi. Bu vaqt davomida u Perseveranse roveriga hududni o‘rganishga yordam bergan. Biroq, 72-parvoz paytida Ingenuity bilan aloqa uzilganligi qayd etilgan. Oxirgi suratlar asosida vertolyot rotor qanotlaridan biriga zarar yetganligi maʼlum bo‘lgan.

    Vertolyot butun vaqt davomida 17 kilometrdan yiroq masofani bosib o‘tdi va uning maksimal balandligi 24 metrga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichlar ishlab chiqaruvchilar kutganidan, tezligi ham rejalashtirilgan tezlikdan yuqori bo‘lgan.

    Yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib ishlab chiqaruvchilarni hayratda qoldirgan vertolyot tarixda qoldi.