“Uzbekistan GTL” kompaniyasining Direktorlar Kengashi qarori bilan yuqori malakali mutaxassis, Kanada fuqarosi boʻlgan - Marsel Yurgen Krauze joriy yilning 18-yanvaridan boshlab kompaniyaning Texnik Direktori lavozimiga tayinlandi.

Oʻtgan 10 yil davomida Marsel Krauze Qatardagi OryxGTL zavodining texnik menejeri boʻlib ishlab kelgan, neft va gazni qayta ishlash va neft-kimyo sanoatida jami 33 yillik yuqori tajribaga ega.

U Kanada, Chili, Tailand va Qatar kabi mamlakatlarda neft-gaz-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatidagi qator yirik xalqaro ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish va sozlash ishlarida ishtirok etgan.

Marsel Krauze dunyoning top – 50 universitetlar reytingiga kiradigan “British Columbia” (Kanada) universiteti bitiruvchisi, shuningdek Britaniya Kolumbiyasining professional muhandislar va geologlari uyushmasini aʼzosi hisoblanadi.

“Uzbekistan GTL” kompaniyasining Axborot xizmati