“SpaceX” asoschisi, milliarder Ilon Mask Marsga parvoz uchun chiptaning taxminiy narxi 100 ming dollarni tashkil etishini aytdi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.
Milliarderga ko'ra, “SpaceX” kompaniyasi odamlarni Marsda shahar qurishga jalb qilish maqsadida parvozlar amalga oshiradi.
“Agar Marsga ko'chib o'tish taxminan 100 ming dollar turadigan bo'lsa, menimcha, deyarli har bir kishi shuncha pulni yig'ib, Qizil sayyoraga borishi mumkin”, dedi u.
Shu bilan birga Mask mazkur narx faqatgina borish chiptasi, ya'ni boshqa shaharga ko'chish uchun belgilangan summa ekanini aytgan. “SpaceX” rahbari hukumat homiyligi yoki kredit moliyalashtirish manbalari bo'lishi mumkinligini qo'shimcha qilgan.