Mart oyi pensiya toʻlovlari toʻliq 100 foiz moliyalashtirildi

    2024-yil mart oyi pensiya toʻlovlari toʻliq 100 foiz moliyalashtirildi.

    Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, jamgʻarma tomonidan joriy yilning mart oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4 million nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar 5-mart kuniga qadar tijorat banklariga toʻliq moliyalashtirib berildi.

    Oʻz navbatida, pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,1 million nafar (yoki jami oluvchilarning 77 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.

    Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy toʻlovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishi maʼlum qilindi.