Xabarda koʻrsatilishicha, 29-30-mart kunlari respublika hududlarida havo harorati biroz pasayadi. Faqat shimol va togʻli hududlardagina harorat minimumlari nol va undan biroz pastki haroratga tushadi. 31-mart kunidan boshlab esa kunlar asta-sekin qiziy boshlaydi.
28-mart shimol Qoraqalpogʻiston va Xorazmda, 29-mart Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona vodiy viloyatlarida biroz yogʻingarchilik kutiladi. Boshqa hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
28-mart shimolda, 29-mart respublikaning koʻplab viloyatlarida kuchli shamollar esadi. Shamollar kuchayganda 18-23 m/s kuchga yetishi mumkin.
Umuman olganda, 28-30-mart kunlari joylarda biroz beqaror havolar kutiladi. 31-martdan esa kunlar isiy boshlaydi.
“Yuqori ehtimol, gʻarbda antitsiklonning rivojlanishi aprel oyining birinchi oʻn kunligi quruq va issiq oʻtishini taʼminlaydi. Bu havo toʻlqinlari qishloq xoʻjaligi sektori uchun qariyib bir oy davom etayotgan yogʻinli va nam havodan soʻng yaxshi xabar boʻladi”,— deyiladi meteorologlar izohida.