Shuningdek, qonunbuzilish holatini toʻxtatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan edi.
Biroq, ijtimoiy tarmoqlar orqali “HALILA” mahsuloti yordamida onkologik kasalliklarni davolash boʻyicha reklamalar tarqalashi davom etmoqda. Bu jamiyat uchun salbiy tendensiya boʻlib, kasal holatdagi insonlarni ishontirib, ularga ham iqtisodiy ham ruhiy-psixologik ziyon yetkazadi.
Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita tomonidan moliyaviy jarima qoʻllanganiga qaramay ushbu holat davom etgani sababli “Marva Hayat” MCHJ rahbari belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.