Mashhur bloger Afrikada 100 ta quduq ochdi va yarim million aholini suv bilan ta'minladi

    Dunyodagi eng mashhur blogerlardan biri MrBeast (Jimmi Donaldson) Afrikaning bir qancha mamlakatlarida 100 ta quduq ochdi.

    Uning so'zlariga ko'ra, bu yarim milliondan ortiq aholini suv bilan ta'minlaydi.

    MrBeast YouTubeda 10 daqiqalik ta'sirli videoni e'lon qildi va u darhol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e'tiborini tortdi. Ushbu yangilik e'lon qilingan paytda video taxminan 47 million marta ko'rilgan.

    “Siz hozirgina Keniyadagi qishloqlardan biri qanday qilib cheksiz miqdorda ichimlik suviga ega bo'lganini ko'rdingiz. Bitta quduq bor. Yana 99 ta qoldi”, dedi MrBeast videoda, optimistik ruhda.

    Bloger ichimlik suvi olish qanchalik qiyinligini va odamlar uni qanday kutishini ko'rsatdi. Videoda aytilgan ma'lumotlarga ko'ra, Keniya, Zimbabve, Uganda, Somali va Kamerun qishloqlarida quduqlar ochilgan. Blogerni har bir aholi punktida iliq kutib olishdi.

    Video ostida allaqachon 105 mingdan ortiq sharh bor va ularning soni soat sayin ortib bormoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari blogerning tashabbusini ko'pchilik uchun o'rnak ekanligini ta'kidlamoqda. Dunyoning turli hududlaridan internet foydalanuvchilari tomonidan video ostiga sharh qoldirilgan.

    Shuningdek, MrBeast yo'l-yo'lakay ba'zi maktablarni yangi kompyuterlar, proyektorlar, doskalar bilan ta'minladi, qishloqlardan birida esa bolalarga velosiped sovg'a qildi.

    Avvalroq Forbes 2023-yilda eng muvaffaqiyatli kontent yaratuvchilarning yillik ro'yxatini e'lon qilgan edi. Ushbu reytingda birinchi o'rinni MrBeast (Jimmi Donal`dson) egalladi. Uning faoliyatini turli ijtimoiy tarmoqlar va YouTubeda kuzatayotgan obunachilarning umumiy soni 312 million kishini tashkil qiladi, deb xabar beradi tengritravel.kz.