Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Majburiy ijro byurosi Bagʻdod tuman boʻlimi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyatidagi ijro harakatlarining birida davlat byudjeti oldida soliq qarzdorligini oʻz vaqtida toʻlamagan fermer xoʻjaligi rahbarining “LADA Vesta Cross” rusumli avtomashinasi boʻlim davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 30-sentyabr kuni xatlovga olinib, jarima maydonchasiga qoʻyildi.
Majburiy ijro byurosi Bagʻdod tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor fermer xoʻjaligi rahbariga avtotransport vositasi tegishli tartibda baholatilib, kelgusida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi, sotuvdan tushgan pul mablagʻlari davlat byudjetiga oʻtkazilishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.