Unda transport sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari va qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Buyuk Britaniya tomoni Oʻzbekistonda taʼlimning ilgʻor standartlarini joriy etish, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi, deya xabar qiladi “Dunyo” AA.
Tomonlar mashinasozlik, fuqaro aviatsiyasi va avtomobil sanoatiga alohida eʼtibor qaratishgani holda ikki tomonlama diplom berish dasturini birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib oldilar. Taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida dastur doirasida oʻqitishga ingliz tili oʻqituvchilari orasidan mutaxassislar jalb qilinadi.
UoW bilan hamkorlikda Oʻzbekiston universiteti professor-oʻqituvchilari uchun ilgʻor oʻquv kurslarini tashkil etish, britaniyalik professor-oʻqituvchilarni shartnoma asosida TDTU oʻquv jarayoniga jalb etish va qoʻshma ilmiy seminarlar tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Oʻzaro hamkorlikni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida tomonlar Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.
1899 yida tashkil etilgan Vulverxemton universiteti “Times Higher Education” xalqaro universitetlar reytingida va Britaniya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida yuqori oʻrinlarda qayd etiladi.