Yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971 ming dollar, 47,7 ming yevro, 3,4 mln Rossiya rubli topilgan.
Ularning milliy valyutadagi umumiy qiymati 11,2 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Mazkur valyutalarni mashinistlarga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro berganligi maʼlum boʻlgan. Tezkor tadbir davomida u ham qoʻlga olingan.
Xorijiy valyutalarni qoʻshni davlatga noqonuniy oʻtkazib berish evaziga mashinistlar 300 dollar olishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ish ochilgan. Bu jinoyat uchun 8 yilgacha qamoq jazosi koʻzda tutilgan.