“Robotlar yaxshi odam jarrohlaridan bir necha yil ichida, eng yaxshi odam jarrohlardan esa taxminan besh yil ichida o'zib ketadi”, deya izoh berdi Mask, jarrohlikda robototexnika taraqqiyoti haqida yozgan bloger Mario Naufalning X ijtimoiy tarmoqdagi postiga.
Mask, shuningdek, Neuralink robot-jarroh yordamida odam miyasi to'qimalariga elektrodlar kiritganini aytdi, bu vazifani bajarish uchun odamga tezlik va aniqlik etmagan bo'lardi, dedi u
Yanvar oyi boshida Mask birinchi odamga Neuralink kompaniyasining miya implani o'rnatilgani va uning ahvoli yaxshi ekanini ma'lum qilgandi. Maskning so'zlariga ko'ra, qurilmaning ishlashi natijasida olingan dastlabki ma'lumotlar istiqbolli natijalarni ko'rsatmoqda. Keyinchalik Mask Neuralinkning yangi qurilmasi Telepathy (“Telepatiya”) deb nomlanishini yozdi. U egasiga fikr kuchidan foydalangan holda smartfon yoki kompyuterni boshqarish imkoniyatini beradi va birinchi navbatda oyoq-qo'llarini ishlatish qobiliyatini yo'qotgan odamlar uchun ishlab chiqgan, deb xabar beradi ria.ru.









